10:29 Shifokorlar yanglishib tirik bemorni «ko‘mishdi» | |
Kolumbiyaning Barrankilya shahrida shifokorlar tirik bemorga o‘lganligi haqida guvohnoma yozib berishdi. Bu haqda «Seven News» axborot portaliga tayanib «Xabar» nashri ma’lum qiladi. Ponederlik 80 yoshli Kandelario Guterres Ernandes nafas bilan bog‘liq muammo tufayli shifoxonaga tushadi. Ertalab soat yettida uni o‘ldi deb topishadi. Oila shu zahoti shifoxonaga qo‘ng‘iroq qilishdi: ular ham qariyaning tirikligini tasdiqlashdi. — Uni ushlaganimda, u yig‘lab yubordi va ko‘zlarini ochdi. So‘ngra yana ko‘zlarini pirpiratdi. Shunda men ularga: «Amakim hali tirik», dedim, — deydi jiyani Luzneyra Guterres. Kandelario Guterres Ernandes o‘sha kuni 18:30 da hayotdan ko‘z yumdi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |